IHMA gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilishi munosabati bilan 1,5 millionga yaqin muhtoj oilalarga qanday yordam ko‘rsatilishini tushuntirdi. Kambag‘allik chegarasi, pensiya va nafaqa miqdorini oshirish, isitish mavsumida 270 ming so‘m miqdorida bir martalik kompensatsiya to‘lash ko‘zda tutilgan.
Prezident qarori bilan mahallalardagi faol xotin-qizlar ijtimoiy xizmat va yordamga muhtoj oilalarni aniqlanib, ularni ijtimoiy himoya qilishning individual rejalarini ishlab chiqadi. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini nazorat qiladi. Sinov loyihasi avgust oyida Surxondaryoda boshlanadi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ijtimoiy yordamga muhtoj 2,2 mln kishi bor. Shavkat Mirziyoyev keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy muassasalar tarbiyalanuvchilari va boshqalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqildi. Uning doirasida ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasi yaratilib, barcha «daftarlar» ijtimoiy himoya yagona reyestriga birlashtiriladi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarning 3 yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmonlar berish dasturi qabul qilinadi.
«Ijtimoiy fikr» markazining prezidentlik saylovi bo‘yicha so‘rovi fuqarolar saylovoldi dasturlari bilan to‘liq tanishishga hali ulgurmaganini ko‘rsatdi. Respondentlarning deyarli yarmi nomzodlar orasidagi ochiq teledebatlarni dasturlar haqida ma’lumot olishning eng jozibali shakli deb atashdi.
Yil yakuniga qadar ijtimoiy nafaqalarni tayinlash bosqichma-bosqich «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim qanday ishlaydi, kam ta’minlangan oilalarga qanday nafaqalar tayinlanadi, qanday hollarda arizalar rad etiladi — batafsil.
Aholi uylarini aylanib chiqish orqali tuzilgan muhtoj oilalar ro‘yxatiga asosan hukumat naqd pul tarqatishni boshladi. Iqtisodchi Botir Qobilov kelajakda ehtiyojmand oilalarni aniqlash va mablag‘larni taqsimlashning zamonaviy mexanizmlaridan foydalanishni taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting